6-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti yillik hisobot topshirdi.
Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Dastur davomida Roman-german filologiyasi fakulteti dekani H.Hakimov tomonidan fakultetda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, talabalar kontingenti, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar faoliyati, shuningdek, oʻquv va oʻquv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorliklar, xususan, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqidagi hisobot taqdimot qilindi.
Rektor Ilxomjon Madaminovich bajarilgan ishlar va fakultet faoliyati haqida oʻz fikrlarini bildirib, 2024-2025 oʻquv yilida e’tibor qaratilishi zarur boʻlgan jihatlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.
2024-08-03 11-33