Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt: nazariya va amaliyot
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025-yil 23–25-oktabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan “Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt: nazariya va amaliyot” nomli qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi.

2025-yil 25-oktabr kuni mazkur kurs doirasidagi mashg‘ulotlar davom ettirildi. Kursning yakuniy mashg‘uloti “Xorijiy tillarni o‘rganishda sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar” mavzusiga bag‘ishlandi.
Mashg‘ulotni Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining bosh mutaxassisi Nasrullayev To‘lqinjon Ismatulla o‘g‘li olib bordi.
Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, kurs tinglovchilarining o‘quv jarayonidagi faolligi, metodik tafakkuri va yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ruhini alohida e’tirof etdi.

Kurs yakunida tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi. Yakuniy tadbir esdalik fotosuratlar, fikr-mulohazalar va samimiy minnatdorlik so‘zlari bilan nihoyasiga yetdi.
Tinglovchilar bunday amaliy kurslar ularning raqamli va pedagogik salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlab, sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘qituvchilik faoliyatiga joriy etish bo‘yicha o‘z amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.