30-aprel kuni OʻzDJTUda Ingliz tili 1-fakulteti tashabbusi bilan “Exploring english, pedagogical innovations and language teaching” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Konferensiyani Оʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Shundan soʻng, Оʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy va innovatsion ishlar boʻyicha prorektor, dotsent Otabek Yusupov, Оʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti dekani, dotsent Akmal Yuldashev soʻzga chiqib, anjumanning ahamiyati, undan kutilayotgan natijalar haqida ma’lumot berdi. Оʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili integrallashgan kursi №1 kafedrasi mudiri, PhD, dotsent Mavluda Gulyamova tomonidan “Implementing bloomʼs taxonomy in language teaching”, Ingliz tilini oʻqitish metodikasi №1 kafedrasi professori Akromjon Kuldashev tomonida “Talabalarning lingvistik kompetensiyasini shakllantirishning ayrim masalalari”, Ingliz tilini oʻqitish metodikasi №1 kafedrasi filologiya fanlari doktori (DSc) Xalifa Paluanova tomonidan “Competency based approaches and methods in teaching foreign languages” mavzularida maʼruzalar taqdim etildi. Tadbirda 10 dan ortiq maʼruzachilar ishtirok etib, mavzuga oid ilmiy maqolalarini havola etishdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktabrdagi PF-5847-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tashkillashtirilgan anjuman oʻzbek, rus va ingliz tillarida olib borildi. Konferensiya natijalariga koʻra, maqolalar elektron tarzda ishtirokchilarga yetkazildi. Dasturda yetakchi olimlar, professor-oʻqituvchilar, katta ilmiy xodimlar, turli soha mutaxassislari hamda mustaqil izlanuvchilar, magistr va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
2024-05-02 02-48