Indoneziya Ta’lim akkreditatsiya kengashi ekspertlari  tashrifi yakuni

Tashrif yakunida ekspertlar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ta’lim jarayoni yuqori saviyada tashkil etilgani, o‘quv reja va dasturlar xalqaro ta’lim standartlariga mos ravishda ishlab chiqilgani, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar e’tiborga molik ekani ta’kidlandi.

 

 

Yig‘ilish chog‘ida Ta’lim akkreditatsiya kengashi ijrochi kotibi, ekspertlar guruhi rahbari doktor Yuni Sri Raxayu xonim universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov bilan suhbatda quyidagi fikrni bildirdi:

“Akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun tavsiya etilgan ‘Xorijiy til va adabiyot (tillar bo‘yicha)’ bakalavriat ta’lim dasturi bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarga nisbatan biz kuzatgan holat va natijalar o‘n karra yaxshi.”

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube