Joriy yilning 14-15-noyabr kunlari O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olayotgan 1-kurs talaba yigitlari o'rtasida sportning futbol turi bo'yicha "Talabalar spartakiadasi" musobaqasi bo'lib o'tdi. Ushbu sport musobaqasida har bir jamoa o'z fakultetlari sharafini himoya qilishdi. 

Musobaqa so'nggida natijalar quyidagicha bo'ldi:

1-o'rin - Roman-german filologiyasi fakulteti.
2-o'rin - Ingliz filologiyasi fakulteti.
3-o'rin - Tarjimonlik fakulteti.

Joriy yilning 16-noyabr kuni O'zDJTU talaba yigitlari o'rtasida "Talabalar ligasi" sport musobaqalarining universitet saralash bosqichi bo'lib o'tdi. 

Natijalar quyidagicha bo'ldi:
1-o'rin - Ingliz filologiyasi fakulteti.
2-o'rin - Tarjimonlik fakulteti.
3-o'rin - Ingliz tili 2-fakulteti.

Joriy yilning 17-noyabr kuni O'zDJTU talaba qizlari o'rtasida "Talabalar ligasi" sport musobaqalarining universitet saralash bosqichi bo'lib o'tdi. 

Natijalar quyidagicha bo'ldi:
1-o'rin - Ingliz tili 1-fakulteti.
2-o'rin - Tarjimonlik fakulteti.
3-o'rin - Ingliz filologiyasi fakulteti

2023-11-18 04-37

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi