Bugun 26-yanvar kuni Malayziyaning Sultan Idris taʼlim universiteti vakillari OʻzDJTUga tashrif buyurdi.
Sultan Idris taʼlim universiteti Vitse-kansler (prorektori) Prof. Amin bin Muxammad Taff, Oʻquv ishlari va xalqaro hamkorlik boʻyicha vitse-kansler (prorektor) Prof. Abdul Raxim bin Razalli, Tillar va kommunikatsiya fakulteti dekani dotsent Mazura Mastura binti Muxammadlardan iborat mehmonlarni OʻzDJTU rektori I.M. Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari kutib oldi.Tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv avvalida rektor I. Toʻxtasinov OʻzDJTU faoliyati, xalqaro hamkorligi va Malay tili oʻqitilishi haqidagi maʼlumot berib oʻtdi.
Shundan soʻng, Amin bin Muxammad Taffning Sultan Idris universiteti faoliyati haqidagi maʼlumoti va takliflari tinglandi Shuningdek, malay tilini oʻqitishni takomillashtirish, malay tili markazi uchun kompyuter, printer, mamlakatshunoslikka oid materiallar, malay milliy liboslari va cholgʻu asboblari ajratish, OʻzDJTUga malay tili oʻqituvchilarini jalb qilish, Sultan Idris universiteti mutaxassislari bilan birgalikda tayyorlanayotgan malay tili darsligini yakuniga yetkazish va chop ettirish, OʻzDJTU malay va ingliz tili oʻqituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, malay tili guruhi talabalari uchun magistraturada oʻqish uchun grantlar ajratish, xalqaro anjumanlar, seminar va vebinarlar tashkil qilish va ularda ishtirok etish, oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflar muhokamasi boʻlib oʻtdi.Shundan soʻng, Amin bin Muxammad Taffning Sultan Idris universiteti faoliyati haqidagi maʼlumoti va takliflari tinglandi. Oʻzaro hamkorlik masalalari muhokamasidan soʻng sovgʻalar almashinildi.
2024-01-26 07-07