“Ma’rifat ulashib” tadbirining uzviy davomi sifatida ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi

7-noyabr kuni OʻzDJTUda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Shaxriyor Shavkatov, Guljahon Mardonova va Fozil Jabborov ishtirokida talaba-yoshlar bilan ijodiy uchrashuv oʻtkazildi. 

 

 

Dastur davomida talabalar va ijodkorlar oʻrtasida ochiq muloqot tashkil etilib, ishtirokchilar yoshlarni kitobxonlikka, ijodkorlikka va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham qatnashib, adabiyotning jamiyat hayotidagi o‘rni va yoshlar tafakkurini shakllantirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi. 

 

 

Yakunda ijod olamiga qiziquvchi, badiiy tafakkuri boy talabalar tomonidan adabiy jarayon va ijod sirlariga doir qiziqarli savollar taqdim etildi. Yozuvchilar uyushmasi a’zolari esa bu savollarga chuqur mushohada, hayotiy tajriba va samimiy fikrlar bilan javob berib, yoshlarning ma’naviy olamida unutilmas taassurot qoldirdilar. 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube