Rektor va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

6-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 5-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan “Rektor va yoshlar uchrashuvi” oʻtkazildi.

 

 

Tadbirda OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Hakimov, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi. 

Dastur davomida ochiq muloqot tashkil etildi. Talabalar universitet mas’ullariga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, asosli javoblar olish imkoniyatiga ega boʻlishdi. 

 

 

Shuningdek, rektor turli ilmiy bellashuvlar, sport musobaqalari va olimpiadalarda faollik koʻrsatib, bir qator yutuqlarga erishgan talabalarni e’tirof etdi va kelajakda bundan katta muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tiladi. 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube