Uchrashuvda tomonlar Ispaniya va Oʻzbekiston OTMlari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum va shartnomalarni imzoladi. 

Shuningdek, tadbir davomida OʻzDJTU talabalari tomonidan ispan va oʻzbek milliy raqslari, qoʻshiqlari va sahna koʻrinishlari namoyish etildi, bu esa madaniy almashinuvni yanada boyitdi.

Maʼlumot uchun, tadbir doirasida ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim va fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xususan professor-oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish, ilmiy sohadagi hamkorlikni yanada kengaytirish, ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha loyiha va dasturlarni amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

2024-04-17 04-47

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi