16-17 fevral kunlari O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida jamoaviy ekspertiza muhokamasi bo'lib o'tdi.
O’zDJTU huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi kengashda Chirchiq davlat pedagogika universiteti tadqiqotchilari Jurayeva Gulxayo Baxodir qizi, Makovskaya Liliya Germanovna, Boyxanov Shuxratjon Mashrapovich hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti tadqiqotchisi Majidova Nozima Dilmurodovnalarning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyalarining (qo‘shimcha) jamoaviy ekspertiza muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Muhokama O‘zbekiston respublikasi OAK nizomida belgilangan tartib bo‘yicha olib borildi. Rasmiy belgilangan ekspertlar dissertatsiya yuzasidan (qo‘shimcha) jamoaviy taqrizlarini o‘qib eshittirishdi.
Tadqiqotchilar Ilmiy kengash a‘zolarining mavzu doirasidagi savollariga javob berdi. Dissertatsiyalar muhokamasi Ilmiy kengashning ijobiy qarori bilan yakun topdi.
2024-02-19 04-51