Bugun OʻzDJTU 2-ingliz fakulteti kafedra mudirlari, professor oʻqituvchilari uchun Kasb axloqi normalari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi.
Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boyicha 1-prorektor V.Sadiev hamda N.Jo'rayev Z.Zamonov, S.Saidov, D.Muitov S.Yusupova, B.Hoshimov ishtirok etib, qatnashchilarga kasb axloq normalari, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar va vazifalar mavzularida maʼruzalar oʻqishdi.
Mazkur oʻquv seminarlarda universitet rektori I.Tuxtasinov ham ishtirok etib, tatbiq etilayotgan darslar va ularning maqsad va mohiyati haqida tushunchalar berib oʻtdi.
2023-12-27 05-11