O’zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida “Ilmiy maqola yozish tendensiyasi: shaxsiy tajriba va zamonaviy amaliyot“ mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.

Dastur davomida O’zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Babaniyazova Nargiza Pulatovna seminar ishtirokchilariga ilmiy maqolalar tuzilishi, ularni yozish qoidalari, ilmiy jurnallarda maqolalarga qo’yilgan talablar, nufuzli jurnallarda material chop ettirish haqida nutq so’zlab, shaxsiy tajribasi bilan o’rtoqlashdi. 

Yakunda talabalar, magistr va doktorantlar, shuningdek, yosh olim va izlanuvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob oldi.

2023-10-10 11-51

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi