Samarqand – xalqaro taʼlim hamkorligining durdonasi

Bugun qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahri yana bir bor xalqaro ilm-fan va taʼlim maydonining eʼtibor markazida. Buyuk Ipak yoʻlining ramziy timsolida “Silk Road Universities Network (SUN)”ning 10-forumi boʻlib oʻtmoqda.

 

 

Forumda OʻzDJTU delegatsiyasi – rektor, professor Ilxomjon Tuxtasinov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Otabek Yusupov, hamda xalqaro reytinglar boʻlimi boshligʻi Bekzod Nishonaliyev ishtirok etmoqda.

Professor Tuxtasinov o‘z nutqida taʼlimdagi muvaffaqiyat kaliti — ochiqlik, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt elementlarini joriy etish va xalqaro hamkorlik ekanini taʼkidladi. OʻzDJTU nafaqat til va madaniyatlarni oʻrgatuvchi maskan, balki xalqaro ilmiy koʻprik vazifasini bajarayotgani qayd etildi.

Shuningdek, forum doirasida OʻzDJTU va Canadian University in Dubai oʻrtasida anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi. Ushbu kelishuv qoʻshma taʼlim dasturlari, ilmiy-tadqiqot hamkorligi, shuningdek, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini kengaytirishga xizmat qiladi.

 

 

Bu qadamlardan ko‘zlangan maqsad — OʻzDJTUning xalqaro nufuzini oshirish hamda oʻzbek taʼlimining zamonaviy qiyofasini dunyoga namoyish etishdir.

Samarqanddagi bu forum xalqaro hamkorlikda yangi sahifa ochib, ilm-fan sohasida do‘stlik va taraqqiyot ko‘priklarini mustahkamladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube