Ichki ishlar vazirligi yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida "Uyushmagan yoshlarni ilm-ma'rifatga va ma'naviyatga undovchi, bilimsizlik bilan  hayotda muvaffaqiyat qozonib bo'lmasligini tushuntirishga qaratilgan ijtimoiy roliklar tanlovi"ni e’lon qilgan edi.  (https://t.me/iivjxduz/79443)

O’zDJTU matbuot kotibi, Axborot siyosati masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi Otabek Ibragimov boshchiligida suratga olingan videorolik tanlovning yakuniy respublika bosqichida 3ta nominatsiyaga loyiq topildi. 

“Eng yaxshi videomontaj ishi”, “Eng yaxshi operator ishi” nominatsiyalari bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritgan Otabek Ibragimov jamoasi 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Yakunda tanlov g’oliblariga belgilangan pul mukofotlari topshirildi. 

2023-12-26 01-45

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi