Fan doktori va falsafa doktori ilmiy darajasiga, professor, dotsent ilmiy unvonlariga ega bo‘lgan a’zolardan tarkib topgan O’zDJTU Muvofiqlashtiruvchi kengashining navbatdagi yig‘ilishi o`tkazildi.
Bu galgi davra suhbati qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi, olimlar turli ixtisoslik kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilgan mavzular bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishdi.
Shuningdek, dissertatsiya ishi mavzusini to‘g‘ri tanlash doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda ularning ilmiy rahbarlari va ilmiy maslahatchilari oldida turgan asosiy vazifalardan sanalishi, tadqiqot ishi dolzarb muammolarning yechimiga bag‘ishlangan bo‘lishi, qolaversa, dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi ilm-fan sohasi rivojiga ko‘mak berishi lozimligi haqida mutaxassislar tomonidan ma’ruza qilindi.
Yig‘ilishda taqdim etilgan dissertatsiya mavzulari har tomonlama yana bir bora o‘rganildi, ba’zi dissertatsiya mavzularining nomlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha professorlar D.Qulmamatov, L.Ahmedova, N.Djusupov, fan doktorlari A.Karimov, A.Yuldashev, B.To‘rayeva, A.Mo‘minovaning bildirgan taklif va tavsiyalari ma’qullandi.
2024-05-27 12-43