OʻzDJTU professori Karimov Amrullo Ashurovich – “UzJOKU faxriy professori” unvoniga sazovor bo‘ldi (dolzarb 90 kun )

 

Bugun 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashabbusi bilan jurnalistika va media sohasida kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etayotgan OAV vakillari, axborot xizmatlari xodimlari hamda hamkor tashkilotlar fidoyilariga “UzJOKU faxriy professori” va “UzJOKU dotsenti” faxriy unvonlari taqdim etildi.

 

Faxriy unvonga sazovor bo‘lganlar orasida O‘zbekistondagi jurnalistika ta’limining rivojiga katta hissa qo‘shib kelayotgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti professori (v.b), filologiya fanlari doktori Amrullo Karimov ham bor.

 

Unvon Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube