2025-yil 2-sentabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PF–49-son Farmoni mazmun-mohiyati va uning ijrosiga bag‘ishlangan iqtisodiy o‘qish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, prorektorlar hamda universitet rahbariyatining mas’ul xodimlari onlayn tarzda ishtirok etdilar.

 

   

Tadbir davomida:
 • KPI tizimidagi samaradorlik ko‘rsatkichlari,
 • oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va xodimlarining vazifalari,
 • tizimda samarali boshqaruv mexanizmlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi va oliy ta’lim tizimida samaradorlikni oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube