OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov oʻziga biriktirilgan “Qizil” toifadagi yoshlarning holidan xabar olish maqsadida Sergeli tumanining “Ittifoq” mahallasida boʻldi.


Rektor mahallada istiqomat qilayotgan “Qizil” toifadagi yoshlar va ularning ota-onalari bilan mahalla binosida uchrashishdi. Ular bilan suhbatlashib, kelajakda oz oʻrinlarini topishda doim yordamga tayyor ekanligini taʼkidladi. Yoshlarning har biriga zarur oziq-ovqat mahsulotlari, moddiy yordam pullari va rektor tomonidan bitilgan xatlar ulashildi. 


Shuningdek, Ilxomjon Tuxtasinov yoshlarga oʻz hisobidan qoʻshimcha mablagʻlar, sovgʻalar berdi.
Eslatib oʻtamiz: “Ittifoq” mahallasidan Varlamkin Nikolay, Galiulin Rustem, Dushaboyev Abduvosid, Akramova Xadichabonu kabi yoshlar imkoniyati cheklangani bois OʻzDJTU rektoriga biriktirilgan.

2024-01-22 03-33

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi