OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov Oʻzbekiston Davlat Sanʼat va madaniyat Institutida boʻlib oʻtgan “Qora quyosh” spektakli namoyishida ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va muassasa rahbarlari uchun tashkil etilgan mazkur spektakl Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf dostoni asosida sahnalashtirilgan.

Spektaklda Choʻlpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir kabi xalqimizning vatanparvar farzandlarining vatan ozodligi yoʻlidagi mashaqqatli taqdirlaridan hikoya qilgan asar barcha tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻldi. 

 Vazirlik mutasaddilari tomonidan sahna asari uchun minnatdorchilik bildirildi hamda bosh rol ijrochisi Ulugʻbek Musinovga esdalik sovgʻasi tuhfa etildi.

2023-12-09 03-41

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi