O'zDJTU rektori rahbariyat bilan birgalikda tunda talabalar yotoqxonasiga tashrif buyurdi.

Avvaliga,universitet rektori tomonidan nazorat tadbiri o'tkazilib,talablarning  yashash sharoitlari, ta'lim jarayonidagi muammolari hal etilishi yuzasidan rahbariyat bilan birgalikda fikr almashildi,talabalarning taklif va tashabbuslari tinglandi.

Uchrashuvdan so'ng, talabalarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida, professor o'qituvchilar,xodimlar va talaba yoshlar bilan birgalikda bir gulxan atrofida jam bo'lib,qo'shiqlar kuylandi,davrada samimiy muhit shakllandi va barchaga o'zgacha kayfiyat bag'sh etdi.

Uchrashuv talabalar va universitet rahbariyati o'rtasidagi o'zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qildi.Universitet rektori talabalar bilan muntazam tarzda shu kabi davralar tashkil etib turilishni ta'kidladi.

2024-04-19 04-05

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi