6-dekabr kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti tashabbusi bilan “Konstitutsiya — inson huquqlari himoyachisi” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

Konstitutsiyaning 31 yilligi munosabati bilan bo’lib o’tgan tadbir O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Tadbirni universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Valijon Sa’diyev ochib berdi. 

Tadbir davomida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalarining konstitutsion bilimlarini aks ettirgan so’rovnoma videoroligi taqdim etildi. Talabalarning konstitutsiyaga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida viktorina o’yinlari o’tkazilib, ishtirokchilar kitob bilan taqdirlandi. Toshkent davlat yuridik universiteti, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi xodimlari tomonidan talabalarga yangi tahrirdagi konstitutsiyaga oid bilimlar ulashildi.

Talabalar tomonidan mamlakatimizni ulug’lovchi kuy-qo’shiqlar, sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

2023-12-07 01-25

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi