22-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori professor I. Tuxtasinov universitet yotoqxonasida istiqomat qilayotgan xorijlik professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi.
Suhbat davomida rektor ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishib, mavjud imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdi. Xorijlik mutaxassislar esa universitet tomonidan yaratilgan qulayliklar uchun minnatdorchilik bildirib, talabalarning bilimga chanqoqligi va faoliyatdagi shijoatini alohida ta’kidladilar.
Mazkur uchrashuv xorijlik professor-o‘qituvchilarning universitet hayotiga tezroq moslashishiga, shuningdek, ular faoliyat yuritayotgan fakultet va kafedralar bilan samarali hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qildi.