O‘zDJTUda doktorlik dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi DSc.03.30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 20-son majlisida filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun navbatdagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Yuvasheva Shoira Maxamadovna 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “”Qutadgʻu Bilig” asarida milliy-madaniy va universal leksika: semantik va tarjima aspektlari” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Dasturda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rahbariyat vakillari va rasmiy opponentlar ishtirok etdi. Tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.
Mazkur ilmiy ish “Qutadgʻu Bilig” asaridagi boy leksik merosni chuqur o‘rganish, uni semantik tahlil qilish va tarjima jarayonidagi yondashuvlarni ilmiy asoslashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.