PhD dissertatsiyasi himoyasi: zamonaviy adabiyotning dolzarb mavzusi tahlil etildi
6-may kuni Jurayeva Ijobat Najmidinovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasini himoya qilishga bag‘ishlangan ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.
Dissertatsiya 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “XX–XXI asrlar bo‘sag‘asida Amerika adabiyotidagi yoshlar mavzusi” nomi ostida tayyorlangan bo‘lib, unda Amerika adabiyotida yosh avlod tasviri, ularning ijtimoiy-psixologik holati va davr ruhiyatiga munosabati adabiy tahlil asosida ochib berilgan.
Himoya jarayonida ishtirok etgan ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va mutaxassislar tomonidan ishning dolzarbligi, ilmiy yangiligi va tadqiqot uslublarining puxtaligi e’tirof etildi.