Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy filologiyasi kafedrasining bir guruh professor-o'qituvchilari 3-16 yanvar kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shinjong pedagogika universitetida "Xorijiy talabalarga xitoy tilini chet tili sifatida o'qitishning zamonaviy metodlari" nomli malaka oshirish kursida ishtirok etmoqda.
Kurs davomida oʻzbekistonlik o'qituvchilar ham o'z ma'ruzalari bilan qatnashdi. Jumladan, Ro'zumova Gulbahor "O'zbekistonda xitoy tili o'qitilish tarixi, hozirgi holati, qo'llaniladigan adabiyotlar va kafedrada chop etilgan adabiyotlar" mavzusidagi ma'ruzasi bilan chiqish qildi.
Bundan tashqari, xitoylik va O'rta Osiyodan tashrif buyurgan professor-o'qituvchilar O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida mustaqil ta'limning joriy qilinishi, hozirgi holati va o'ziga xos jihatlari bilan tanishtirildi.
2024-01-08 05-32