#oʻz_maqsadlaringni_bil

O‘zDJTU Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi talabalari Moskva shahriga o'qishga jo'nab ketmoqdalar.     


    
17-yanvar kuni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov 2-3- kurs talabalari Moskva Davlat lingvistika universitetiga bir semestr davomida o‘qish uchun jo‘nab ketayotgani munosabati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Talabalar, siz bizning faxrimizsiz, yaxshi o‘qing, olg‘a intiling, O‘zbekiston bayrog‘ini yuqorilarga ko‘taring, biz sizga ishonamiz! Agarda qandaydir qiyinchilikka uchrasangiz, biz yordam berishga har doim tayyormiz” — deydi O‘zDJTU rektori.

Eslatib o‘tamiz, jami 30 nafar talabalardan iborat jamoa Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Nigora Abdullayeva bilan birgalikda 25-yanvar kuni jo‘nab ketishni rejalashtirilgan.

2024-01-18 05-03

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi