Talabalar turar joyida “Zakovat” intellektual o‘yini

22-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori professor I. Tuxtasinov talabalar turar joyiga tashrif buyurib, bu yerda tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinini ochib berdi.

Rektor yoshlarni bilimga chanqoqlik, erkin fikrlash va jamoada ishlashga undovchi bunday loyihalarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, talabalarga muvaffaqiyat tiladi.

O‘yin davomida talabalar o‘zining bilimlari, tezkor tafakkuri va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Tadbir talabalar uchun nafaqat maroqli dam olish, balki intellektual salohiyatni oshirish, shuningdek, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qildi.

 

    

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube