O'zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti tomonidan talabalarning ijara xonadonlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, gaz, suv, elektr ta’minoti holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

6-dekabr kuni fakultet dekani Amrullo Karimov, dekan muovinlari Dilorom Xoshimova, Baxtiyor Xasanov, Xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi, tyutor Malika Saburova hamda tyutor Rayhona Farhodovalar  ijarada yashaydigan talabalarning yashash manzillariga tashrif buyurdi.

Tashriflar davomida talabalarning turar joyidagi sharoitlar, qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi, turar joylarning texnik xavfsizligi o’rganildi.

2023-12-09 02-06

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi