“Toʻmaris izdoshlari” sport musobaqasining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi
15-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 30-apreldagi 155-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida “Toʻmaris izdoshlari” sport musobaqasining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada universitetlar o‘rtasidagi tanlovning bosqich g‘oliblari ishtirok etdi.
Mazkur musobaqada ingliz filologiyasi fakultetining “Zulfikor” jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.
“Toʻmaris izdoshlari” sport musobaqasining asosiy maqsadi yosh avlod, ayniqsa talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga qiziqishni oshirish hamda irodali, faol va yetakchi qizlarni tarbiyalashdan iborat.
Musobaqa yakunida g‘olib jamoa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.