1-aprel kuni O’zDJTU da Singapurning “Six Clouds” kompaniyasi asoschisi va ijrochi direktori Vun Xvi Kiat Richard hamda kompaniya trenerlari Galina Choy xonim va Benson Lek janoblari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. O’zDJTU vakili А.Аbidjanov universitet faoliyati hamda chet tillari oʼqituvchilari malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, gid-tarjimonlar, bort kuzatuvchilar va sayyohlar xavfsizligi (Tourist Police) yoʼnalishlari boʼyicha kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi. Malaka oshirish yoʼnalishida Аngliyaning Kembrij universiteti va Coursera dasturi bilan oʼquv reja va dasturlarni takomillashtirish borasida ish olib borilayotganligini aytib o'tdi.  Oʼz navbatida, Vun Richard “Six Clouds” kompaniyasi hamda Oʼzbekistondagi koʼp yillik faoliyati haqida gapirib berdi. Ushbu kompaniya elektron taʼlim platformasini yaratgan boʼlib, ushbu ilovadan koʼplab hamkor oliygohlarda foydalanilmoqda, xususan, Аxborot texnologiyalari boʼyicha magistratura dasturlarini amalga oshirishda bu platforma oʼz samarasini bermoqda. Uchrashuv davomida “Six Clouds” kompaniyasi oʼz platformasini malaka oshirish tizimini yoʼlga qoʼyishda qoʼllash, taʼlim muassasalarini rivojlantirish va boshqarish strategiyasi, talaba va oʼquvchilarning ijodiy fikrlashga oʼrgatish bloklarini malaka oshirish kurslari oʼquv rejaga kiritish taklifini berdi. Tomonlar oʼz takliflarini ishlab chiqish va kelgusidagi hamkorlik yoʼnalishlarini belgilash borasida kelishib oldilar.

2024-04-03 02-51

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi