Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti “Marketing va talabalar amaliyoti” boʻlimi xodimlari Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi maktablarda uchrashuvlar tashkil etishda davom etmoqda.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti “Marketing va talabalar amaliyoti” boʻlimi xodimlari Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi maktablarda uchrashuvlar tashkil etishda davom etmoqda.

4-iyun kuni “Marketing va talabalar amaliyoti” boʻlimi tomonidan tumandagi 195-IDUMda maktab oʻquvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda boʻlim boshligʻi B.Odilov soʻzga chiqib, universitet faoliyati va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻzlab oʻtdi. Shundan soʻng maktab direktori Sabitova Gulbahor universitetda tahsil olayotgan talabalarni mazkur maktabda amaliyot oʻtashlari uchun taklif qildi. 

Bu kabi uchrashuvlar tumandagi 181-sonli, 164-sonli, 179-sonli maktablarda ham tashkil etildi. Unda maktablarning bitiruvchi oʻquvchilari ishtirok etdi va OʻzDJTU haqida batafsil maʼlumot olib, qabul jarayonlari haqida savollariga javob oldi.

Tashkil etilgan uchrashuvlar davomida maktab rahbariyati bilan universitetning bitiruvchi talabalarining bandligini taʼminlash va amaliyot oʻtashlari borasida kelishuvlarga erishdi.

2024-06-04 05-09

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi