Uchtepa tuman hokimi yoshlar bilan uchrashdi

13- avgust kuni Uchtepa tuman hokimi Bunyod Mamadjanov O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etdi.

 

 

Hokim “Kelajakka qadam” loyihasida g‘olib bo‘lgan talabalar bilan uchrashdi, ular bilan suhbatlashdi hamda loyiha doirasida universitetda tashkil etilgan maxsus xona va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Yoshlarning tashabbuslari va amalga oshirayotgan ishlari ijobiy baholandi.

Ma’lumot uchun: “Kelajakka qadam” dasturi doirasida 48 nafar universitet bitiruvchisi o‘z biznes g‘oyalari bilan ishtirok etish istagini bildirdi. Ulardan 35 nafari o‘z loyihalarini taqdim etdi. Taqdim etilgan loyihalardan belgilangan mezonlarga mos kelgan, umumiy moliyalashtirish qiymati 5 mlrd 138 mln so‘mni tashkil etuvchi 20 nafar bitiruvchining loyihalari “O‘zmilliybank” hududiy bank xizmatlari markazi xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilib, ijobiy baholandi va qabul qilindi.

 

 

Shu jumladan, 15 nafar bitiruvchining 5 turdagi loyihalari quyidagicha moliyalashtirildi:
1 ta “Suv filtrlaydigan vending uskuna o‘rnatish” — 50 mln so‘m;
 8 ta “Til o‘qitish markazi” — 205 mln so‘m;
 1 ta “Lazzatli milliy taomlar” — 50 mln so‘m;
 1 ta “Tarjima markazi” — 10 mln so‘m;
 2 ta “Chevarlik” — 18 mln so‘m;
 1 ta “Avto maktab”ni rivojlantirish — 900 mln so‘m;
 1 ta “Oziq-ovqat do‘koni” — 50 mln so‘m.

Umumiy moliyalashtirilgan summa 1 mlrd 283 mln so‘mni tashkil etdi va 41 ta ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, 5 nafar bitiruvchining umumiy qiymati 3 mlrd 855 mln so‘m bo‘lgan loyihalarini moliyalashtirish rejalashtirilgan.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube