2024-yil 18-aprel kuni Tarjimonlik fakulteti professor-oʻqituvchilari Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida boʻlib oʻtgan “Language and Translation Issues” nomli xalqaro anjumanda ishtirok etdilar. 

Anjumanda AQSH, Hindiston, Malta, Xitoy va shu kabi bir qator mamlakatlar universitetlari professor-oʻqituvchilari bilan bir qatorda universitetimiz vakillari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etib, tarjima sohasiga oid foydali maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdilar. 

Anjuman soʻngida barcha qatnashchilarga esdalik sovgʻalari va sertifikatlar topshirildi.

2024-04-22 02-11

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi