19-20-yanvar kunlari OʻzDJTU da “Ingliz tilini oʻqitishda yangi yoʻllar: yutuqlar, muammolar, yechimlar” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtilishi rejalashtirilgan edi. Bugun mazkur konferensiya oʻz ishini boshladi.


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilayotgan xalqaro konferensiyaga AQShning Oʻzbekistondagi elchisi janob Jonatan Xenik, AQSh Davlat departamentining til boʻyicha ekspertlari, shuningdek, oliy taʼlim maktabgacha va maktab taʼlimi vakillari mehmon sifatida tashrif buyurdi.


Oliy oʻquv yurtlari va umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari va tadqiqotchilarni til oʻqitish va oʻrganish sohasidagi soʻnggi ishlanmalar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan anjumanni OʻzDJTU rektor, professor I.Tuxtasinov ochib berdi va barcha ishtirokchilarga tabrik yoʻlladi. 
AQShning Oʻzbekistondagi elchisi janob Jonatan Xenik ham konferensiyada soʻzga chiqdi va Oʻzbekistonda ingliz tilini oʻqitish natijalari va uni yanada rivojlantirish istiqbollaridan mamnunligini bildirdi. 


Anjumanning birinchi qismida soʻzga chiqqan ishtirokchilari oʻqitishning zamonaviy uslublari va bu boradagi yechimini kutayotgan vazifalar haqida oʻz tajriba va fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Anjuman davom etmoqda.

2024-01-19 02-06

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi