Xorijiy tillar fan olimpiadasining Respublika bosqichining ochilish marosimi OʻzDJTUda bo‘lib o‘tdi
11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasining Respublika bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimi oldidan mehmonlar va ishtirokchilar kutib olindi va ro‘yxatdan o‘tkazildi. Marosimini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili A. Xoliqov va OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov kirish so‘zlari bilan ochib berdi. Shuningdek, OʻzDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O. Yusupov fan olimpiadasi jarayonini tushuntirib, ishtirokchilarni 1-bosqichga yo‘naltirdi.

Olimpiada doirasida talabalarga bilim va mahoratlarini namoyish etish uchun test, yozma ish, tarjima va suhbat bosqichlari o‘tkaziladi.