Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Zakovat koʻchasi 4-uyda (Literaturniyda) futbol musobaqasi tashkil etildi.

Joriy yilning 14-yanvar kuni talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida sportning futbol turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Musobaqada umumiy 10 ta jamoa oʻzaro bellashishdi:

1-o’rin — 5-TTJ jamoasi
2-o’rin — “DXX kurator” jamoasi
3-o’rin — “Milan” jamoasi

1-o'rin uchun 5-TTJ va “DXX kurator” jamoalari bellashib, 5-TTJ jamoasi  3:1 hisobda g'alaba qozondi. 3-o'rin uchun “Utopiya” va “Milan” jamoalari baxs olib bordi va g’oliblikni 0:3 hisobda “Milan” jamoasi qo’lga kiritdi. 

Sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Musobaqa baxslarga boy bo'lib o'tdi va barchaga birdek manzur bo'ldi.

2024-01-15 05-22

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi