YULDASHBEKOVA SAIDA SULTANOVNA

Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi: Kafedra mudiri

Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi

Kafedra tarixi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-fevralda qabul qilingan “Jurnalist kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarkibida Xalqaro jurnalistika fakulteti tashkil etildi.

Ushbu fakultet tarkibida dastlab “Jurnalistika nazariyasi va tarixi” deya nomlangan kafedramizga B.Do‘stqorayev mudirlik qildi. 1999-yil 1- sentabrda Chilonzor tumani Muqumiy ko‘chasida joylashgan 104-binoda kafedra mutaxasislik yo‘nalishi bo‘yicha o‘z talabalarini o‘qita boshladi.

Dastlabki yillarda professor G‘.Salomov, dotsent S.Umirov, A.Nurmatov, H.Saidov, T.Qahhor, I.Ismailova, Sh.Xolmatova, N.Nomozova, F.Mo‘minov, X.Do‘stmuhammad, H.Akbarov, S.Sodiq, M.Sa’diy, N.Toshpo‘latova, A.Karimov, X.Maxamadaliyev, N.Qosimova, T.Eshbek, I.Abduxoliqov kabi tajribali pedagoglar fanning turli sohalaridan saboq berishdi. Akademik B.Nazarov, xalq yozuvchisi O‘.Xoshimov, fan doktori F.Mo‘minova, fan nomzodlari O.Toshboyev, O.O‘sarov, I.Rahmatullayeva, P.Allamberganova, sport sharhlovchisi A.Imomxo‘jayev, tajribali publitsist E.Shukur, Sh.Ubaydullayev va boshqalar garchi qisqa muddat-yarim, chorak hajmda, soatbay asosda ishlasalar ham mazmundor saboqlari, kitob mutoala, eshittirish, ko‘rstuvlari bilan o‘zlaridan yaxshi iz qoldirishdi. Dastlabki yillarda amerikalik olimlardan Nikolas Daniloff, Richard Sheyfer, Erik Fridman, Alfred Kupers va boshqalar jurnalistikaning turli sohalaridan ma’ruzalar o‘qishdi. AQSHning Boston shahridagi Nordistern universiteti olimlari fakultet kutubxonasiga 100ga yaqin kitob sovg‘a qildi. Bir guruh olimlarimiz Boston shahriga borib malaka oshirib qaytishdi.

Kafedrani turli yillarda boshqargan mudirlar

  • 2001-2008-yy yillarda Audiovizual jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya kafedra mudiri S.Umirov
  • 2003-2009 yy. -  Ommaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri F.Muminov
  • 2009-y Audiovizual jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya kafedra mudiri O.Toshboyev.
  • 2010-2019-yy. Audiovizual jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya kafedra mudiri X.Dо‘stmuxammedov.
  • 2014-2017 yy. Audiovizual jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya kafedra mudiri N.Qosimova.
  • 2017-2018-yy. Audiovizual jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya kafedra mudiri A.Karimov.
  • 2017-2018-yy. Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri A.Nurmatov
  • 2018-2019-yillarda Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri N.Toshpо‘latova.
  • 2019 – 2020-yy. Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri O.Toshboyev.

Mazkur kafedra 2021 yildan buyon Axborot xizmat va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi nomiga о‘zgartirildi.

2022-2023-yillarda Axborot xizmat va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi mudiri M.Ahmedova

2024-yildan Axborot xizmat va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi mudiri S.S.Yuldashbekova

Hozirda kafedrada:

Professor – 7 ta

dotsent –10 ta

katta о‘qituvchi – 5 ta

о‘qituvchi – 6 ta

stajyor-o‘qituvchi 13

jami 41 nafar professor-о‘qituvchi faoliyat olib boradi. 

Kafedrada bakalavriat mutaxassisligi:

60320200 – Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar

60320100 – Jurnalistika (xalqaro jurnalistika)

Kafedrada magistratura mutaxassisligi:

70320201 - Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar

70320102 – Xalqaro jurnalistika

Kafedrada о‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat yо‘nalishi:

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya asoslari

Milliy va jahon jurnalistikasi tarixi

Yangiliklar va reportyorlik mahorati

Internet va kommunikatsiyalar tarixi

PR va reklama tarixi

Jamoatchilik bilan aloqalar va reklama asoslari

Axborot xizmati faoliyatini tashkil etish

Jurnalistikada mediasavodxonlik va fakt checking

Jurnalistikada ijod mahorati asoslari:

Xalqaro jurnalistikada tahliliy janrlar

Mediadizayn asoslari

Raqamli jurnalistika

Rekreativ jurnalistika

Infoteyment texnologiyalari

Brend jurnalistikasi

PR nazariyasi va amaliyoti:

Mediarileyshnz

Imijmeyking

PR sohasidada kontent yaratish va kreativ fikrlash

Pablik rileyshenzda tanqidiy fikrlash

Audiovizual jurnalistika

Teleradiojurnalistika

Ekologik PR

Madaniy PR

Jurnalistika psixologiyasi va sotsiologiyasi

Xalqaro jurnalistning ijodiy faoliyat asoslari

Trevel jurnalistika

Media biznes asoslari va boshqaruv

Xalqaro sharhlovchilik mahorati

Siyosiy konfliktshunoslik va jurnalistika

Internet jurnalistikasi

Onlayn jurnalistika

Ekojurnalistika

Gender va media

Internet PR

Inqiroz sharoitida PR

PR matnlar tipologiyasi

PR menejment va PR kompaniyalarni rejalashtirish

Mediadizayn asoslari

Raqamli jurnalistika

Imidjologiya asoslari

Media makonda milliy manfaatlar

Matbuot kotibi faoliyatda tanqidiy tahlilga munosabat strategiyasi

Brend jurnalistika

Magistratura yo‘nalishi:

Mediada ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Jurnalistikaning zamonaviy taraqqiyot tendentsiyalari

Axboriy jamiyat nazariyalari

Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi

Mediakonvergentsiya va tahririryat ishini boshqarish

Xalqaro reytinglar va milliy media

Xalqaro jurnalistikada geosiyosiy masalalar

Xalqaro jurnalistika va siyosat

Jahon jurnalistikasida multimediadan foydalanish amaliyoti

Jahon axborot xizmatlari faoliyatining yangi tendensiyalari

Media tahlili va monitoring

Image management va Brending texnologiyalari

An’anaviy va raqamli PR texnologiyalar

Korporativ kommunikatsiya asoslari

PR sohasida maqsadli auditoriya bilan ishlash texnologiyalari

AX da ichki va tashqi kommunikasiya hamohangligi

Jahon axborot xizmatlari faoliyatining yangi tendensiyalari

Axborot xizmatlari mediaplanningi

Oliy darajadagi xalqaro tadbirlarning PR ta’minoti

Raqamlashuv sharoitida akkreditatsiya va uni samarali boshqarish usullari

Kafedraning xalqaro hamkorligi

  1. M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog`iston universiteti
  2. P.Lumumba nomidagi  Rossiya Xalqlar do`stligi  universiteti
  3. Qirg`iziston universitetlari
  4. Turmaniston universutetlari
  5. A.Farobiy nomidagi Qozog`iston davlat universiteti
  6. Malayziyaning INTI universiteti
  7. Indoneziyaning Gunadarma universiteti
  8. Janubiy Koreya universitetlari

 

Kafedraning hamkor tashkilotlari

 1.Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

2.Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi

3.О‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi

4.O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

5.О‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

6.Mirzo Ulug‘bek nomidagi О‘zbekiston milliy universitetining jurnalistika fakulteti

7.Qoraqalpoq davlat universiteti jurnalistika kafedrasi

8.Buxoro davlat universiteti jurnalistika kafedrasi

9.Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetining jurnalistika kafedrasi

10.“Yangi O‘zbekiston” gazetasi

11.“O‘zbekiston ovozi” gazetasi

12.”Xalq so‘zi” gazetasi

13.”Ma`rifat” gazetasi

14.”Yoshlar ovozi” gazetasi

15.O‘zbekiston Milliy teleradio Kompaniyasi

16.Xususiy teleradio kanallar

17.OAV tahririyatlar, saytlar

18.Nashriyotlar va ijod uylari

19.Adliya vazirligi multimedia markazi

20.Vazirliklar axborot xizmatlari

Kafedra professor-о‘qituvchilarining nashrlari

1.Beruniy Alimov – “Jahon media makonida mamlakat imijini rivojlantirish imkoniyatlari va jurnalistikada mahorat masalalari” –Axborot xizmatlari xodimlari, OAV vakillari, jurnalistika fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar uchun nazariy-uslubiy qо‘llanma. О‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi. T.: 2015 yil 17 noyabr. 136 bet

2. Beruniy Alimov – Mamlakat media imijini rivojlantirishda milliy ommaviy kommunikatsiya vositalarining о‘rni: nazariy va amaliy aspektlar. – Jurnalistika fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar, OAV vakillari, axborot xizmatlari xodimlari va tadqiqotchilar uchun ilmiy-nazariy qо‘llanma. О‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi. T.: 2015 yil 17 noyabr. 108 bet

3. Beruniy Alimov – “Tohir va Zuhra” filmi davriy nashrlarda “Tohir va Zuhra”: arxetipik talqin samarasi. F-114 raqamli grant asosida tayyorlangan majmua. T.: G‘.G‘ulom. 2015 yil dekabr.

4. Bosma ommaviy axborot vositalari tahririyatlari uchun о‘quv qо‘llanmasi. (hammualliflikda) Toshkent. 2008. 9,5.b.t.

5. Jurnalistikaning xalqaro huquqiy asoslari О‘quv qо‘llanma. Toshkent. О‘zDJTU, 2012. 9,5 b.t.

6. Jurnalistika psixologiyasi. О‘quv qо‘llanma. – Toshkent., Sano-Standart n-ti, 2013, 10,5 b.t.

7.О‘zbekiston OAVda bolalar mavzusining nazariy va amaliy asoslari. (hammualliflikda) Toshkent. 2014,13,5 b.t.

8. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nargis Qosimovaning “Internet nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatida” (T., Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi, 2016 y. 119 b.) nomli о‘quv-amaliy qо‘llanma nashr qilindi.

9. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nargis Qosimovaning “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining roli” (T., “Invite Dezign”, 2015 y. 107 b.),

10. Nargis Qosimova va Farida Rahimovalarning “Nodavlat notijorat tashkilotlar imijini shakllantirish: nazariya va amaliyot” (T., Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi, 2015 y. 139 b),

11. Ismoilova Klimentina – Spetsifika radioveshaniya na zarubej Uchebnoye posobiye. T.: 1993

12. Ismoilova Klimentina – Radiojurnalistika asoslari О‘quv qullanma T.: 2003

13. Beruniy Alimov – “Media makonda milliy manfaatlar” – Uslubiy qo’llanma. Toshkent.2024

14. Beruniy Alimov – “Davlat boshqaruv organlari bilan aloqalar” – Uslubiy qo’llanma. Toshkent.2024

15. Yulduz Ortiqova -  “Sport jurnalistikasi” – O’quv qo’llanma. Toshkent: Mumtoz so’z, 2016-104 b.

16. Yulduz Ortiqova -  “Sport jurnalistikasi zamonaviy trend sifatida” – Manografiya. Toshkent: Publishing high future, 2025-156 b.

17. Karimov Amrullo Ashurovich – “Televideniyening rekreativ vazifasini bajarishda tok-shoularning o’rni va ahamiyati” – Monografiya. Toshkent: “Adabiyot” nashriyoti.

18. Mahmudova Maftuna Hamza qizi – “Mediasavodxonlik – internet OAVdagi feyk va dezinformatsiyalardan himoya qilish vositasi sifatida” – Monografiya. Toshkent: “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”MCHJ -2025 – 140 b

19.Yo’ldoshbekova Saida Sulton qizi – “Cho’lpon – puplitsist va  muharrir”. Monografiya. – T:. “Zuxro baraka biznes”, 2025, - 175 bet

 20.N.Qosimova “Onlayn jurnalistika”,

21.N.Toshpо‘latova, F.Saidov “Jurnalistikaning huquqiy asoslari”,

22.N.Toshpо‘latova “Tahliliy jurnalistika”,

Kafedraning ilmiy salohiyati:

Kafedra a`zolaridan F.Mo`minov K.Ismoilova, H.Do`stmuhammedov,  N.Qosimova, D.Aminova, H.Saidov, B.Alimov, A.Karimov, Yu.Ortiqova fan doktori ilmiy darajasiga ega.

2023-yilda O.Qulmurodova, 2024-yilda M.Saidova, M. Mahmudova, R. Zaripovalar f.f.d (PhD) ilmiy darajasini olishdi.

2024-yilda B.Alimov, A.Karimovlar dotsent unvonini olishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube