UMUMIY TILSHUNOSLIK KAFEDRASI

 

MADJIDOVA RA’NO URISHEVNA

Lavozimi va unvoni: Kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor

Qabul vaqtlari: Har kuni 14:00-16:00

Tel.: +998909419020

E-mail: r.urishevna@mail.ru

    r.urishevna@uzswlu.uz

Kafedra joylashgan bino: rektorat binosi, 5-qavat, 520-xona

 

Kafedra tarixi:

Umumiy tilshunoslik kafedrasi 1970-yil tashkil etilgan. Bu kafedrada ko‘plab ko‘zga ko‘ringan olimlar va yetuk mutaxassislar faoliyat ko‘rsatgan. Umumiy tilshunoslik kafedrasi universitetning eng salohiyatli va boy tarixga ega bo‘lgan kafedralaridan biridir.

O‘zbekistonda tilshunoslik tarixi va nazariyasi sohasida yetuk kadrlar tayyorlash maqsadida 1970-yildan boshlab Toshkent davlat chet tillari pedagogika instituti tarkibida fakultetlararo kafedra sifatida jahon tilshunosligi masalalari va muammolarini ilmiy miqyosida hal qilish maqsadida “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi tashkil etilgan.

Kafedraning birinchi mudiri filologiya fanlari nomzodi, dotsent A.S. Sodiqov bo‘lgan. U kafedrani 1970-yildan 1991-yilgacha boshqargan.

1992-yildan 1995-yilgacha O‘zbekiston fanlar akademiyasining akademigi A.R. Rustamov kafedra mudiri bo‘lib ishlagan.

1996-1997 yillarda filologiya fanlari doktori, professor A.V. Redkin kafedra mudiri etib tayinlandi.

1997-yildan 2011-yilgacha yana kafedrani dotsent A.S. Sodiqov boshqardi.

2009-yilda dotsent A.S. Sodiqov “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi qoshida Respublika filologik oliy ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan “Lingvistik seminar” tashkil qildi. Universitetda bu faoliyat uchun maxsus lingvistik yo‘nalish bo‘yicha alohida kutubxona tashkil etildi.

2011-yildan hozirgi davrga qadar kafedrani filologiya fanlari doktori, professor R.U. Madjidova boshqarib kelmoqda.

Kafedra tarkibi:

Umumiy tilshunoslik kafedrasida 16 ta professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi:

  1. Madjidova Ra’no Urishevna – kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor;
  2. Umirov Ixtiyor Ergashevich – filologiya fanlari nomzodi, professor;
  3. Lafasov Urak Pazilovich - filologiya fanlari nomzodi, dotsent;
  4. Shevtsova Olga Vladimirovna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent;
  5. Narmurodova Gulnoza Ilhomovna – PhD, dotsent;
  6. Madaminova Nargiza Rajapbayevna – katta o‘qituvchi;
  7. Nosirova Mubina Olimovna – katta o‘qituvchi;
  8. Alimardanova Shahlo Ashurmamatovna – katta o‘qituvchi;
  9. Galyamova Alfiya Rinatovna – katta o‘qituvchi;
  10. Yuldashev Farxod Karimbayevich – o‘qituvchi;
  11. Yuldasheva Farog’at Farxodovna – o‘qituvchi;
  12. Xakimbayeva Ozoda Kalandarovna – o‘qituvchi;
  13. Xoliqova Dilnoza Musurmonovna – o‘qituvchi;
  14. Salohiddinova Sayyora Aliqulovna – o‘qituvchi;
  15. Sharipova Maloxat Saidjonovna – o‘qituvchi;
  16. Yuldasheva Salomat Farxodovna – o‘qituvchi;
  17. G’o’chchiyeva Rohilabonu Abdurahmon qizi – o’qituvchi;
  18. Jumayeva Umida Abdurahim qizi – o’qituvchi;
  19. Yusupbayeva Muxayyo G’ayrat qizi – o’qituvchi;
  20. Xo’jayev Dilshod G’ayrativich – stajyor o‘qituvchi;
  21. Yo’ldosheva Iroda Mamasharibovna – stajyor o‘qituvchi;
  22. Maxkamova Maxmuda Abdulloyevna - stajyor o‘qituvchi;
  23. Galiulina Ozoda Qayumovna - stajyor o‘qituvchi.

 

Kafedraning asosiy maqsadi

- Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari va til nazariyalari yangiliklarini o‘rganib joriy qilib borish.

Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan tilshunoslik yo‘nalishidagi ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini yuksak uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
  • talabalarning til nazariyasi, umumiy tilshunoslik va yangi barcha lingvistik yo‘nalishlar bo‘yicha yozilgan bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari va mustaqil izlanuvchilarga rahbarlik qilish;
  • talabalar bilimini kredit-modul tizimi asosida adolatli baholash;
  • kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish.
  • darslik, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etiladigan boshqa darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni muhokama qilib borish;
  • kafedra professor-o‘qituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratish;
  • tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va keyingi bosqichlarga tavsiya etish;
  • taʼlim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini taʼminlash;
  • kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy va tashkiliy ishlar bo‘yicha shaxsiy rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
  • tajribali professor-o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va ularni dars jarayoniga tatbiq etish.

 

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi:

  • Tilshunoslik tarixi;
  • Lingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodikasi;
  • Tilshunoslikning umumnazariy masalalari;
  • Amaliy tilshunoslik tarmoqlari;
  • Ilmiy ish asoslari yo‘l xaritasi.

 

Kafedraning hamkor tashkilotlari:

  1. O‘zbekiston Milliy universiteti;
  2. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;
  3. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti;
  4. Samarqand davlat chet tillar instituti;
  5. Andijon davlat universiteti;
  6. Farg‘ona davlat universiteti;
  7. Buxoro davlat universiteti;
  8. O‘zDJTU huzuridagi akademik litsey;
  9. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi 2-son akademik litseyi.

 

 

 

Kafedraning xalqaro hamkorligi:

  1. Moskva davlat lingvistik universiteti;
  2. M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti;
  3. Tojikiston Respublikasi Rossiya-tojik (slavyan) universiteti;
  4. Adigeya davlat universiteti;
  5. Indiana universiteti (AQSH);
  6. G‘arbiy Chexiya universiteti (Chexiya);
  7. Portsmouth universiteti (Buyuk Britaniya);
  8. Muxtor Auyezov nomida Janubiy Qozog’iston universiteti;
  9. Sankt-Peterburg davlat universiteti;
  10. Moskva davlat pedagogika universiteti;
  11. Ural davlat pedagogika universiteti.

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

  1. Tilshunoslikning zamonaviy yo’nalishlari;
  2. Tilshunoslik;
  3. Tilshunoslikka kirish;
  4. Umumiy tilshunoslik;
  5. Sotsiolingvistika;
  6. Ilmiy ish asoslari.

 

Kafedrada tayyorlanayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili);

60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish (roman-german tillari tillari);

60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish (rus tili);

60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish (sharq tillari);

60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (roman-german tillari);

60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (arab va turk tillari);

60230400 – Kompyuter lingvistikasi

 

Kafedra yutuqlari:

Kafedraning ilmiy loyihalari:

1. 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida xorijiy filologiya magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish” loyihasi.

2. “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” amaliy loyihasi.

Kafedra professor-o‘qituvchilaridan filologiya fanlari doktori, professor R.U. Madjidova, pedagogika fanlari doktori, professor X.S. Muxitdinovalar respublika miqyosida “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” amaliy loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ona tili – millat g‘ururi” ilmiy-ijodiy ishlar respublika tanlovida qatnashib, “Eng yaxshi dasturiy mahsulot va ishlanmalar” yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi. 

 

  1. 2021-yil oktabr oyida kafedra mudiri,  f.f.d., professor R.U. Madjidova, f.f.d., professor Q.O. Saparova, p.f.d., professor X.S. Muhitdinovalar Tojikiston Respublikasining Rossiya-tojik (Slavyan) universitetiga tashrif buyurdi. “Rossiya-tojik (Slavyan) universitetining innovatsion ta’limni rivojlantirishdagi o‘rni va Tojikiston Respublikasining 30 yilligiga bag‘ishlangan” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.    

 

  1. 2021-yilning noyabr oyida f.f.d., professor R.U. Madjidova Belorus Respublikasi Minsk shahriga O’zbekiston va Belorus davlatlari o’rtasida ilmiy va innovatsion jarayonlar miqiyosida hamkorlik aloqalarini o’rnatish maqsadida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

 

  1. 2021-yilning noyabr oyida f.f.d., professor R.U. Madjidova Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi MGU va MGLU universitetlariga tashrif buyurib, ilm-fan rivoji uchun xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

 

  1. 2024-yil 23-yanvardan 8-fevralgacha kafedra professor-o‘qituvchilari f.f.d., professor R.U. Madjidova, p.f.d., professor X.S. Muhitdinovalar “Xorijiy tillarida soʻzlashuvchilar uchun oʻzbek tilini intensiv oʻqitish uchun multimedia mahsulotlarini yaratish” loyihasini sinovdan oʻtkazish doirasida Kolumbiya va Indiana universitetlarida oʻzbek va ingliz tillarini oʻqitish, amerikalik talabalar uchun yozgi maktablar tashkil etish boʻyicha tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdi. Tashrif davomida Indiana universitetida o‘zbek tilini o‘rganish, shuningdek, muloqot va xayriya faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha fikr bildirildi.

 

2024-yil 23-yanvar kuni O’zDJTUning Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri, professor, "Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlari" amaliy loyihasi rahbari Ra’no Urishevna Madjidova boshchiligidagi Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi AQShning New York shahridagi O’zbek-Amerika Vatandoshlar jamiyatlariga tashrif buyurdi.

O’zbek-Amerika Vatandoshlar jamiyati rahbari Abdumalik Ahmedov taklifiga ko’ra, 2024-yil 3-fevral kuni Nyu Yorkda ochiladigan Ziyo Art maktabining ochilish marosimida ishtirok etishdi.

2024-yil 27-yanvarda Chikago universitetiga tashrif buyurishdi. U yerdagi o’zbek tilini o’rganayotgan talabalar bilan uchrashishdi. Universitetda o’qiladigan Markaziy Osiyo tillariga qo’yiladigan talablar va talabalarning qiziqish darajalari, ushbu yo’nalish uchun tuzilgan dasturlar, kutubxonadagi mavjud imkoniyatlar bilan tanishishdi.  

"Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlari" amaliy loyihasi rahbari R.Madjidova Indiana universiteti CeLCAR markazi tomonidan o'tkazilgan seminarda o'z ma'ruzasi va taqdimoti bilan ishtirok etdi.

2025-yil 29-aprelda “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusida o’tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Anjumanda xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari faol ishtirok etishdi. Til o‘qitish jarayoniga innovatsion, talaba markazidagi yondashuvlarni joriy etish natijasida yuqori malakali, ijodiy salohiyatga ega kadrlar yetishtiriladi. Bunday yondashuvlar ta’lim tizimining sifatini oshirib, uning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlaydi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tilshunoslik sohasidagi ochiq, innovatsion va dialogik ilmiy makonni barpo etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube