2025 yilning 28-aprel sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Agra, Bhimrao Ambedkar universiteti (Hindiston) o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 Zoom platformasi orqali tashkil etilgan tadbirda ikki tomon ham ta’lim, ilmiy tadqiqot va xalqaro hamkorlik sohalarda o‘zaro tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- Ikki universitetning ta’lim va ilmiy faoliyati haqida qisqacha ma’lumot taqdim etildi (taqdimot va videolavha).
- Xorijiy tillar (fransuz, rus, nemis, ingliz, xind, sanskrit) va lingvistika sohalarida hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
- Talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha dasturlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.
- Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, konferensiyalar, seminarlar va vebinarlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
- Qo‘shma magistratura va diplom dasturlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
- Onlayn kurslar va ta’lim resurslari almashish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

 

 

 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan:
Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor A.Nasirov, Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yoʻldoshev, Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi mudiri L.Xoliyarov va Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Ro‘ziboyeva

 Bhimrao Ambedkar universiteti (Agra) tomonidan:
Professor Ashu Rani — Rektor (Vice Chancellor), Professor Sanjay Chaudhari — Ichki sifatni ta’minlash bo‘limi direktori (Director of IQAC), Professor Pradiyp Shridhar — Hind filologiyasi va lingvistika instituti direktori, Xalqaro aloqalar bo‘limi raisi, Doktor Pradiyp Verma — Xorijiy tillar kafedrasi mudiri, Xalqaro aloqalar bo‘limi kotibi, Anuj Garg — Rus tili assistent-professori, Xalqaro aloqalar bo‘limi a’zosi ishtirok etdilar.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube