25-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida 4-bosqich talabalarning bitiruv malakaviy ish (BMI) dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi. (dolzarb 90 kun )

 

Jarayon fakultet dekani A. Matyakubov boshchiligidagi hay’at a’zolari ishtirokida o‘tkazildi. Talabalar o‘z ilmiy izlanishlarini taqdim etib, o‘quv yillarida orttirgan nazariy va amaliy bilimlarini namoyish etdilar.

 

Himoya davomida hay’at a’zolari tomonidan mavzu doirasida savollar taqdim etilib, talabalar ularga asosli javob berdi va a’lo baholarni qoʻlga kiritdi. 

 

Bitiruvchi talabalarga kelgusi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaymiz! 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube