Haftalik siyosiy-ma’rifat soati — yoshlar siyosiy dunyoqarashini kengaytirish sari!
Joriy yilning 10-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining barcha fakultetlarida an’anaviy tarzda siyosiy-ma’rifat soati mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu ma’rifiy soatlarda fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etib, talabalarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berdilar.
Ma’rifat soati davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
-Yurtimizning ichki va tashqi siyosiy maydonidagi yangiliklar;
-Prezidentimiz tashriflari va xalqaro uchrashuvlar;
-Aholi uchun yaratilayotgan qo‘shimcha ish o‘rinlari, sanoat, logistika hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi ilg‘or tashabbuslar;
-Gazeta va axborot nashrlari sharhi;
-Ma’naviy-ma’rifiy hayot va mahalla tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar.
Shuningdek, talabalar mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqaro maydondagi o‘rni va yutuqlari haqida tayyorlangan videolavhalar va yangiliklarni ham tomosha qildilar.
Siyosiy-ma’rifat soatlarining asosiy maqsadi — yoshlarning vatanparvarlik, siyosiy faollik va fuqarolik mas’uliyatini oshirish, ularni dolzarb voqealardan xabardor etishdan iboratdir.