Ingliz filologiyasi fakultetida Bitiruv Malakaviy Ishlar himoyasi davom etmoqda

 

 2025-yil 25-iyun kuni
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz filologiyasi fakulteti

 Bitiruvchilarning muhim ilmiy qadami!
Bugun fakultetimizda 4-bosqich talabalari tomonidan navbatdagi Bitiruv Malakaviy Ishlari (BMI)ni himoya qilish jarayoni muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Tadbirda quyidagi mutaxassislar ishtirok etdilar:

 

Rais: Nurmuratov Anvar Yaxshibayevich – Samarqand davlat chet tillar instituti, Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Fakultet dekani: Azzamov Yusufjon Radjabboyevich

Kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda bitiruvchi talabalar

Himoya jarayonida nimalarga e’tibor qaratildi?

- Mavzularning dolzarbligi

- Ilmiy ishlarning metodologik asoslanishi

- Talabalarning tahliliy va tanqidiy fikrlashi

Mutaxassislar tomonidan ilmiy yondashuvlar atroflicha tahlil qilinib, baholar ochiq tarzda e’lon qilindi.

 

 

Bu jarayon nimalarni anglatadi?
Mazkur jarayon bitiruvchilar uchun:
Mustaqil ilmiy izlanish ko‘nikmalarini namoyon etish

 


Kasbiy faoliyatga tayyorlanishdagi muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube