Ingliz filologiyasi fakultetining yillik hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2025-yil 28-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ingliz filologiyasi fakultetining 2024–2025 o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan yillik hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda fakultet tomonidan o‘quv-uslubiy ishlar, ilmiy-tadqiqot faoliyati, xalqaro hamkorlik, ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida erishilgan yutuqlar atroflicha yoritildi. Shuningdek, o‘tgan o‘quv yili davomida kuzatilgan muammolar va kelgusi — 2025–2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan taklif va reja-tadbirlar muhokama qilindi.

Mazkur hisobot universitet prorektorlari tegishli soha mutasaddilari ishtirokida tinglandi.

Eslatib o‘tamiz, fakultetlar hisobot taqdimotlari universitetda 25-iyun sanasidan boshlab tashkil etilgan bo‘lib, belgilangan jadval asosida davom etmoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube