Ispaniya universitetlari delegatsiyasi OʻzDJTU infratuzilmasi bilan tanishdi
Tashkil etilgan badiiy dasturdan soʻng mehmonlar uchun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti boʻylab tur tashkil etildi.
Delegatsiya vakillariga universitet Axborot resurs markazi, Tarjimonlik fakultetida barpo etilgan zamonaviy sinxron tarjima xonalari, audio-video studiya, “Lingvopark”, sport majmuasi va oshxona kabi obyektlar tanishtirildi.
Mehmonlar universitetning zamonaviy infratuzilmasi, talabalarning amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishiga qaratilgan shart-sharoitlar va o‘quv jarayonini qo‘llab-quvvatlovchi texnik imkoniyatlarga yuqori baho berdilar.
v