“Jurnalistika ta’limida nazariya va amaliyot mushtarakligi” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

16-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Jurnalistika ta’limida nazariya va amaliyot mushtarakligi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tadbirni universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. U o‘z nutqida jurnalistika sohasi uchun nazariy va amaliy jihatdan puxta tayyorlangan kadrlar tayyorlash dolzarbligiga e’tibor qaratdi.

Anjuman ishini O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professorlari – f.f.d. Klimintina Ismailova va f.f.d. Amrullo Karimovlar moderator sifatida olib borishdi.

Tadbir davomida quyidagi mavzularda ilmiy ma’ruzalar tinglandi:
 -Prof. Xurshid Do‘stumammad– “Jurnalistika: nazariya va amaliyot orasidagi masofa qancha?”
 -Prof. Fayzulla Mo‘minov – “Jurnalistik ta’limda texnikaning o‘rni va undan foydalanish masalalari”
 -Nozima Vohidova – “Milliy qadriyatlarga oid kontentlar zarurati”
 -Sevara O‘rinbayeva – “Jamoatchilik bilan aloqalar va OAV: asoslar, muammo va huquqiy yechimlar”
 -Dotsent Tohir Qahhor – “Bugungi turk jurnalistikasining muhim xususiyatlari”
 -Gulshoda Xusniddinova – “Karikaturaning jurnalistik janr sifatida shakllanishi”

 

 

Anjumanda mamlakatimizning yetakchi OTMlari, ommaviy axborot vositalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar ishtirok etdi. 100 dan ortiq maqola va tezislar taqdim etildi.

Tadbir doirasida jurnalistika ta’limida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, zamonaviy mediata’limni takomillashtirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube