Muzokaralardan so‘ng Hamburg universiteti bilan tanishuv jarayoni

Muzokaralardan so‘ng, O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov boshchiligidagi delegatsiya Hamburg universiteti rahbariyati vakillari bilan birgalikda universitet hayoti, Bibliothek va o‘qish jarayoni bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolariga universitetning fakultetlari faoliyati, ilmiy markazlar ishlash tartibi, talabalarning o‘quv jarayoni va kutubxona resurslaridan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, tomonlar kelgusidagi qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube