O‘zbekiston va Germaniya oliy ta’limi o‘rtasida yangi ko‘prik qurilmoqda!

Bugun, 2025-yil 20-noyabr kuni, Birinchi O‘zbekiston–Germaniya rektorlar forumi doirasida Germaniyada bo‘lib turgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov va Paderborn Universiteti prezidenti, professor Matthias Bauer o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda faol hamkorlik qilishga kelishib oldilar:
O‘qituvchi va talabalar almashinuvi dasturlari;
Til va kasbiy stajirovkalarni tashkil etish;
Malaka oshirish kurslari;
Dolzarb mavzular bo‘yicha qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari;
Talabalar uchun yozgi va qishki maktablar tashkil qilish.

Ushbu uchrashuv ikki mamlakat oliy ta’limi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi va minglab yoshlarimiz uchun xalqaro imkoniyatlar eshigini keng ochadi! 

 

Paderborn Universiteti haqida qisqacha:
• Times Higher Education (THE) World University Rankings 2025: 501–600-o‘rin
• Ta’lim sifati bo‘yicha: 301–400-o‘rin
• 20 000+ talaba, kuchli tadqiqot bazasi va zamonaviy infratuzilma
• Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yeridagi eng nufuzli davlat universitetlaridan biridir.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube