O‘zDJTU bitiruvchi talabalariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar topshirildi (dolzarb 90 kun)

 

Magistratura bo'limi va Jurnalistika fakultetida davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchi talabalarga ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanmalar  topshirildi.

 

 

Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil   14-fevraldagi PQ–61-sonli “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

 

 

Yo‘llanma topshirish marosimida   “Xizmat ko‘rsatish” bo‘limi boshlig‘i  Ahmedov A.M, Magistratura bo'limi boshlig'i Djusupov N.M, dekanat a'zolari va menejerlar ishtirok etdi.

 

Tadbir davomida bitiruvchilarga kasbiy yo‘nalishdagi amaliy tavsiyalar, mehnat bozorining dolzarb ehtiyojlari hamda ishga joylashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 

Bunday yo‘llanmalar  kasbiy tajriba orttirishi va jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube