O‘zDJTU huzuridagi tarmoq markazida bitiruv loyiha ishlarining himoyasi bo‘lib o‘tdi

29-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida "Filologiya va tillarni o‘qitish" yo‘nalishi (ingliz va rus tillari) bo‘yicha malaka oshirgan tinglovchilarning bitiruv loyiha ishlari (BLI) himoyasi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Yakuniy test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilar o‘z loyihalarini Attestatsiya komissiyasi a’zolari oldida taqdim etdilar. Tadbirda Attestatsiya komissiyasi raisi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, tinglovchilarni tabrikladi hamda ularning malaka oshirish jarayonidagi faolligini yuqori baholadi.

 

 

Bitiruv loyihalari pedagogik innovatsiyalar, zamonaviy o‘qitish metodlari va til o‘rgatishda ilg‘or yondashuvlarni qamrab oldi. Tadbir yakunida faol ishtirokchilar sertifikat va tavsiyanomalar bilan taqdirlandi.

 

 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube