O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari Rossiyada o‘tkazilgan xalqaro uslubiy seminarda ishtirok etdilar 

11–12-noyabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Umumiy tilshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Rus tilini o‘qitishning xalqaro tajribasi va yangi modellari” mavzusidagi uslubiy seminarda qatnashdilar.

Tadbirda Rossiya Federatsiyasining turli hududlaridan kelgan mutaxassislar tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi. Shuningdek, ishtirokchilar “Russkiy mir” fondining Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi Rossiya markazlari faoliyati bilan tanishdilar.

Bundan tashqari, 10–12-noyabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya yakunlariga ko‘ra barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube